41 yoşli yaponiyalik fazogir Norisige Kanai 3 hafta içida 9 santimetrga ösdi. Xalqaro koinot stansiyasi joriy ekipaji a'zosi bu haqda tvitterda ma'lum qildi. 

“Menda bugun muhim xabar bor. Men jismoniy körsatkiçlarning özgarişini közda tutuvçi tibbiy körikdan ötdim. Aniqlanişiça, böyim 9 sm.ga ösibdi. Mana 3 haftada qançalik ösib ketdim”, deb yozgan fazogir.

Kanai şu sababli Yerga qaytişda Rossiyaning “Soyuz MS” kemasi örindiğiga siğmasligidan xavotirlanmoqda.

Yaponiyaning aerokoinot tadqiqotlari agentligida ta'kidlanişiça, vaznsizlikda uzoq qoliş odatda odam böyining 1-2 santimetrga ösişiga olib keladi.

“Vaznsizlik şaroitida umurtqaga yuklama önlab marta özgarganda, umurtqalar orasidagi disklarning toğay töqimasi yumşab ketadi va bu özgarişga, odam böyining, aniqroği uzunligining oşişiga olib keladi”, deb tuşuntirmoqda Kanai bilan boğliq holatni jarroh-ortoped Vladimir Xoroşev.

Fazogirlar rossiyalik Anton Şkaplerov, amerikalik Skott Tingl va yaponiyalik Norisige Kanaidan iborat ekipaj Xalqaro koinot stansiyasiga 2017 yilning 19 dekabrida yetib kelgan. Fazogirlar missiyalari doirasida 51 ta ilmiy tajriba ötkazişlari kerak böladi.

Odatda, umumqabul qilingan me'yorlarga köra odam böyi 25 yoşigaça ösadi.