Mutaxassislar 10 ming metrdan köproq balandlikda Rossiyaning Il-76 MDK samolyotida RB1-2005 poyga bolidining ğildiraklarini almaştirişgan. Uşbu samolyot fazogirlarni vaznsizlik şaroitida işlaşga tayyorlaşda qöllanadi. Samolyotda vaznsizlik holatini yaratiş uçun samolyot parvoz vaqtida parabolik trayektoriya böyiça harakatlanadi: dastlab 45 daraja burçak ostida kötariladi, söngra erkin tuşiş bilan şönğiydi. Şu manyovr vaqtida samolyot içida taxminan 22 soniyaga vaznsizlik holati vujudga keladi.
Jamoada har bir epizodni olişga 15 soniya vaqt bölgan.
Parvoz oldidan poyga jamoasining 16 mexanigi va suratga oliş guruhining 10 a'zosi vaznsizlik şaroitida bolidning ğildiraklarini almaştiriş böyiça tayyorgarlikdan ötişgan.
Hozirda “Formula-1”da pit-stop odatda 2-2,4 soniya vaqt oladi. Bu vaqt içida mexaniklar maşinadagi 4 ta ğildirakni almaştirişga ulgurişadi.
Ta'kidlaş joiz, pit-stop vaqti böyiça rekord ham Red Bull’ga tegişli: ötgan dam oliş kunlari “Formula-1”ning Braziliyadagi bosqiçida jamoa mexaniklari poygaçi Maks Ferstappenning bolididagi ğildiraklarni 1,82 soniyada almaştirişga muvaffaq bölişdi. Gollandiyalik poygaçi esa poygada ğolib böldi.

















