Microsoft korporatsiyasi Windows uçun yangilaniş jarayonini töxtatdi. Patç AMD protsessorli kompyuterlarning töliq öçişiga olib keldi. Bu haqida 9 yanvar, seşanba kuni The Verge xabar berdi. 

"Microsoft korporatsiyasiga AMD  çiplari egalaridan Windows operatsion tizim xavfsizligi yangilangandan söng ularning kompyuterlari öçib qolganiga oid şikoyatlar kelib tuşdi", - dedi kompaniya vakili.

Korporatsiya muammoni bartaraf qiliş ustida işlamoqda. U bu muammoda AMD'ni ayblamoqda. Yangilanişdan keyin kompyuter yoqilmagan taqdirda, Microsoft qöllab-quvvatlaş saytiga kirişni taklif qilmoqda. 

Meltdown ilovaga kompyuterning har qanday xotirasini, şu jumladan yadro xotirasini öqişga imkon beradi. Şu bilan birga, Spectre xakerga dasturlar izolyatsiyasidagi kamçilik hisobiga boşqa ilovalardan ma'lumot oliş imkonini beradi. Mazkur kamçiliklar Intel, ARM64 va AMD protsessorlariga hujum qila oladi. Ularning ikkisi ham 2017 yilning örtalarida aniqlangan, biroq ularni tuzatiş patçlari faqatgina 2018 yilning boşiga kelib işlab çiqila boşladi.