Peru Vazirlar mahkamasining qariyb yarmiga yangilandi
Peru prezidenti Pedro Pablo Kuchinski unga nisbatan impichment qo‘llashga urinish amalga oshmaganidan so‘ng Vazirlar mahkamasida o‘zgarishlarni amalga oshirdi. U 9 yanvar kuni 9 nafar yangi vazirni lavozimlariga tayinladi. Impichment e'lon qilishga urinish sobiq davlat rahbari Alberto Fuximorini afv etish taklifi bildirilganidan so‘ng paydo bo‘lgan edi. Yangi vazirlarning qasamyod qabul qilish marosimi davlat rahbarining Facebook sahifasida jonli efirda uzatildi.
"So‘nggi 30 kun, ehtimol, mamlakatimiz siyosiy hayotida hech qachon kuzatilmagandir. Hozirda biz keskin davrlarni boshdan kechirmoqdamiz, ammo biz barqarorlikka qaytish uchun o‘zaro tushunishni dasturilamal qilib olishimiz kerak", - degan Kuchinski anjumanda. Uning tan olishicha, "o‘zaro kelishuvga erishish qiyin bo‘lishi mumkin".
Eslatib o‘tamiz, 2017 yil dekabr oyi o‘rtalarida Kuchinski bilan bog‘liq kompaniyalar Braziliyaning Odebrecht qurilish kompaniyasidan mablag‘lar olgani haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgandi. Buning natijasida kelib chiqqan mojaro oqibatida mamlakat parlamenti prezidentga nisbatan oliy lavozimni egallab turishga "ma'nan qobiliyatsizligi" uchun impichment qo‘llash loyihasini qabul qildi. 21 dekabr kuni o‘tkazilgan hal qiluvchi ovoz berish jarayonida Kuchinski o‘z lavozimini saqlab qoldi.
Oradan 3 kun o‘tgach, davlat rahbari qamoqda saqlanayotgan 79 yoshli Alberto Fuximorini salomatligi bilan bog‘liq muammo sabab afv etishga qaror qildi. Ayrim deputatlar, Peru yetakchisi Fuximorini ozod etish bo‘yicha kelishib olgani sababli o‘z lavozimini saqlab qolganini taxmin qila boshlashdi. Insoniyatga qarshi jinoyatlarni sodir etish va korrupsiyada ayblanib 25 yilga qamalgan sobiq davlat rahbarini ozodlikka chiqarish ommaviy noroziliklar keltirib chiqardi va ular tartibsizliklarga aylandi.
Mavzuga oid
14:22 / 16.11.2024
Peruda Xitoy sarmoyasiga qurilgan megaport ochildi
18:24 / 04.11.2024
Peruda futbolchi o‘yin vaqtida chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi
21:55 / 22.10.2024
Peru sobiq prezidenti Alexandro Toledo pora olgani uchun 20 yilga qamaldi
23:36 / 11.10.2024