Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon dunyodagi eng yirik xususiy harbiy kompaniya Blackwater kabi mini-armiyani taşkil etdi. Bu haqda Sabq naşri xabar berdi.

“Al-Ajrab qiliçi” deb nom olgan tuzilma 2015 yilda şakllantirilgan, biroq qirollik gvardiyasi tarkibida faqatgina valiahd şahzodaga böysunuvçi bunday bölinma borligi hanuzgaça ma'lum bölmagan. Guruh tarkibiga jiddiy harbiy tayyorgarlikdan ötgan 5 ming askar va zobit kiradi. Ular orasida tezkor javob beriş kuçlari, havo desanti, jangovar suzuvçilar, namoyişlarni bostiruvçi, minalardan tozalovçi otryadlar va snayperlar bor.   

Naşrning ta'kidlaşiça, sara harbiylardan tuzilgan guruhning vazifalariga qirol va valiahd şahzoda, VIP-şaxslar, qirollik qarorgohlarini himoya qiliş, qirol va valiahd şahzoda taşkillaştirgan barça tadbirlarda xavfsizlikni ta'minlaş kiradi.

Ba'zi ma'lumotlarga köra, bu kuçlar noyabr boşida korrupsiyada ayblanganlarni hibsga olişda iştirok etgan.  

Jangovar otryadning nomi ikkinçi Saudiya Arabistoni davlati asosçisi imom Turki bin Abdulloh bin Muhammad Ol-Saudning (davlatni 1824-1834 yillar boşqargan) qiliçi nomiga qöyilgan. 19-asrda qiliç imom Saud bin Faysal Ol-Saud tomondan Bahraynning öşandagi qiroli şayx Iso bin Halifaga berilgan. Qiliç hukmron Al-Halifa oilasida 140 yil saqlangan va 2010 yilda Saudiya Arabistonining öşa vaqtdagi qiroli Abdulloh bin Abdulaziz Ol-Saudga qaytarilgan. Qiliç marhum qiroldan uning ukasi, amaldagi qirol Salmonga meros bölib ötgan.