“Özbekiston Havo Yöllari” MAK saytida Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining elektron tijorat tölov moduli bilan integratsiya amalga oşirilib, 2017 yil 10 noyabridan http://uzairways.com saytida aviaçiptalarni onlayn sotiş yölga qöyilgan. Şu vaqtdan beri amalga oşirilgan tranzaksiyalar miqdori 500 dan oşib ketdi, bu esa 280 ming dollardan köproqqa tengdir.

Bugungi kunda Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va “Ipak yöli” banki internet-ekvayring böyiça litsenziyalarga ega va xalqaro tölov tizimlari bilan sertifikatlaştirilgan hamda VISA xalqaro tölov tizimi böyiça xizmatlar körsatadi.

Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi bronlaş onlayn-xizmatlari, ekvayring, xarid qilinuvçi xizmatlar elektron tölovi va boşqa onlayn-xizmatlar hamda özining köp tilli saytlarini joriy qiluvçi sayohlik faoliyati sub'yektlari uçun soliq bazasidan axborot texnologiyalarini tatbiq qilişga xarajatlarni istisno qiliş körinişida soliq imtiyozlari taqdim qilişni taklif qilgan.