«Tajik Air» aviakompaniyasi Samarqandgaça aviaçiptalar narxini ikki barobardan ham ziyodroqqa tuşirdi. Endi bir tomonlama çipta bahosi 300 somoniy (qaryib 273 ming söm) ni taşkil etmoqda, deb yozadi news.tj.
«Döst va birodar Özbekiston va Tojikiston davlatlari rahbarlarining ezgu niyatlariga asoslanib, şuningdek Tojikistonda 2018 yil Turizmni va xalq hunarmandçiligini rivojlantiriş yili deb e'lon qilingani munosabati bilan, sayyohlar oqimini köpaytiriş maqsadida «Tajik Air» milliy aviataşuvçisi çiptalar bahosini arzonlatmoqda», — deyişgan kompaniyadagilar.
Endi bir tomonga parvoz qiliş uçun çipta narxi 300 somoniyni taşkil etadi, — degan aviakompaniya vakillari.
«Bir yönalişga aviaçipta narxi 300 somoniy, barça yiğimlar bilan kassada 350 somoniyga yaqin summa hosil böladi. Biz vaqt ötişi bilan narxlarni yanada arzonlatib, çiptalarni yölovçilarimizning oilaviy byudjyeti kötaradigan holatga keltirmoqçimiz», — degan «Asia Plus»ga kompaniyaning PR va reklama böyiça mutaxassisi Aziz Xayrulloyev.
Duşanbe — Samarkand — Duşanbe yönalişi böyiça ilk parvoz oradan çorak asr ötib, 28 iyul kuni tiklangan edi. Parvoz Boing 737-300 samolyotida amalga oşirilgan va bir tomonga parvoz vaqti 35 daqiqani taşkil etgan.
Dastlabki parvozlar uçun çipta narxi 650 somoniy (592 ming söm) ni taşkil etgan edi.

















