Xitoyda Şanhay hamkorlik taşkilotiga a’zo davlatlar mahsulotlarini onlayn translatsiya orqali sotiş tajribasi yölga qöyilgan. Ilk marta bunday savdolarda özbek mahsulotlari ham qöşildi. Bu haqda Özbekistonning Xitoydagi elçixonasi Kun.uz'ga ma’lum qilgan.

Uşbu onlayn xarid tizimi Xitoy savdo vazirligi tomonidan taşkil etilgan. Mahsulotlar Alibaba, Taobao, Hema va Fliggy onlayn platformalarida taşkil etilgan jonli efirlarda sotilgan. Özbekiston elçixonasi 260 mingdan ortiq xitoyliklar kuzatib borgan onlayn savdoda 9 turdagi mahsulotlar bilan iştirok etgan. Xususan, Özbekistonda işlab çiqarilgan konditer mahsulotlari, qadoqlangan quruq mevalar va mineral suvlar xaridorlarga namoyiş qilingan.

Foto: Özbekistonning Xitoydagi elçixonasi

Özbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinçi bölib bunday onlayn savdolarda iştirok etgan. Bu jarayonda xaridorlar nafaqat mahsulotlarni tomoşa qilişi, balki öşa zahotiyoq onlayn xaridni ham amalga oşirişi mumkin. Ma’lumot uçun, Xitoy dunyodagi eng köp iste’molçilarga ega davlat hisoblanadi. Mamlakatda 400 milliondan ortiq örta klass vakillari istiqomat qiladi.