Aviaçiptalarning sun’iy yetişmasligini keltirib çiqargan aviakompaniyalarga çora köriladi. Bu haqda Raqobat qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Bugungi kunda tegişli vazirlik va idoralar tomonidan aviaçipta narxlarini barqarorlaştiriş, içki yönalişlarga tegişli “havo erkinliklari” va boşqa rağbatlantiruvçi mexanizmlar asosida xususiy sektorni, şu jumladan xorijiy kompaniyalarni jalb qiliş, mahalliy taşuvçilarga teng şartlarda subsidiya beriş orqali mahalliy yönalişlarda aholiga xizmat körsatiş kölamini oşiriş çoralari körilyapti”, deyiladi xabarda.

Raqobat qömitasi mahalliy va xalqaro parvozlarni amalga oşiruvçi yölovçi taşuvçi kompaniyalar raqobatga yoki iste’molçilar manfaatlariga zid harakatlarni amalga oşirganida, şu jumladan, sun’iy ravişda çiptalarni savdoga çiqarmaslik holatlari aniqlanganda qonunçilikka asosan çora körilişini bildirdi.

Avvalroq, xususiy aviakompaniyalar ham içki reyslar uçun aviaçipta narxining 25 foizi miqdorida respublika budjetidan subsidiya berilişi ma’lum qilingandi.