Davlat dasturi doirasida propiskasiz fuqarolarni işga qabul qilişni rad etiş bilan boğliq amaliyotga barham beriş masalasi körib çiqilmoqda. KUN.UZ muxbiri 11 yanvar kuni "Taraqqiyot strategiyasi" markazida Özbekiston Respublikasi Adliya vaziri örinbosari M.Ş.Istamovning sözlariga asoslanib, şu va qator özgarişlar haqida xabar berdi.
Davlat dasturining birinçi yönalişi - Davlat va jamiyat quriliş tizimini takomillaştirişning ustuvor yönalişlari Prezidentning Oliy Majlis palatalarining qöşma yiğilişlarida qilgan murojaatnomalari asosida tuzilgan. Birinçi yönaliş uç bölimdan iborat:
1. Xalq vakillik organlarining rolini kuçaytiriş, ya'ni Oliy Majlis palatalari va mahalliy kengaşlarning roli va vakolatlarini kuçaytiriş;
2. Davlat boşqaruv tizimini isloh qiliş;
3. Jamoatçilik boşqaruv tizimini takomillaştiriş.
Bular orasida eng kattasi - öz içiga 28 bandni jamlagan ikkinçi bölim, ya'ni davlat boşqaruv tizimini isloh qiliş hisoblanadi. Bu bölimda ikkita asosiy ustuvor vazifa belgilangan:
1. Ma'muriy islohotlar konsepsiyasini amalga oşiriş;
2. Fuqarolar va yuridik şaxslarga körsatiladigan davlat xizmatlari sifati va tezkorligini oşiriş.
Ma'muriy islohotlar konsepsiyasi doirasida qanday çora-tadbirlar nazarda tutilmoqda?
1. Davlatning iqtisodiyotdagi ta'sirini kamaytiriş. Ma'lumki, bugungi kunda köp davlat idoralari, vazirliklar tuzilmalarida davlat unitar korxonalari faoliyat yuritadi. Ular muayyan sohalarda tegişli tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiradi. Buning salbiy tomoni - davlat idorasi tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanar ekan, u qaysidir ma'noda raqobatni çeklaydigan holatlarga duç kelişiga töğri keladi. Raqobatga kirişgandan keyin davlat idorasi öz funksiyasidan, öz vakolatidan foydalanib, boşqa tadbirkorlik sub'yektlarining rolini çeklaşi, qaysidir ma'noda öziga tegişli davlat unitar korxonasiga imtiyozlar berişi mumkin. Aynan şu tufayli davlat unitar korxonalari kölamini keskin qisqartiriş masalasi qöyilgan.
2. Ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga ötkaziş masalasi ilgari surilmoqda. Barçaga ma'lumki, avtotransport vositalarini texnik körikdan ötkaziş masalalari ilgari içki işlar idoralari tomonidan ötkazilgan bölsa, hozir bu funksiya sekin-asta xususiy sektorga ötkazilmoqda, şu yönaliş keyinçalik ham davom etadi.












