AQŞ sobiq davlat kotibi Hillari Klinton mamlakat prezidenti Donald Trampning mojaroli sözlarini qoralab çiqdi. Tramp qonun çiqaruvçilar bilan uçraşuv davomida ba'zi mamlakatlardan Qöşma Ştatlarga kelayotgan migrantlarni «qölansa joydan» çiqib kelganlar, deb atagan.
Klintonning fikriga köra, bunday bayonotlar irqçilikdir. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida yozdi.
Hillari Klintonning eslatişiça, prezidentning sözlari, jumladan Haitiga tegişli bölgan joylari bu mamlakatda dahşatli zilzila sodir bölgan kunda aytilgan. «Sakkiz yil avval röy bergan bu dahşatli zilzila kunida Haiti xalqi bilan birdam bölişimiz va Amerika qöşnilariga yordam körsatişga sodiqligini bildirişimiz kerak edi. Buning örniga Trampning irqçilik kayfiyatidagi, haqoratli sözlariga töqnaş keldik, ular uning özi kabi taşqi qiyofaga ega bölmagan barçaga qarşi qaratilgandi», - deya yozdi Klinton.
Donald Trampning sözlari irqçilik kayfiyatida bölganini BMT devonida ham ma'lum qilişgan. «Mening xayolimga irqçilik sözidan boşqasi kelmayapti. AQŞ öziga yoqmaydigan alohida davlatlar va butunboşli qit'alarni, qora tanli şaxslarni qölansa, deb ataşiga yöl qöyib bölmaydi», - degan BMTning inson huquqlari böyiça Oliy komissari Boşqarmasi vakili Rupert Kolvill.
«Nega bizning mamlakatda özining qölansa davlatlaridan çiqib kelayotgan bu odamlar bor?» - degan Tramp qonun çiqaruvçilar bilan uçraşuv davomida. Taxminlarga köra, u Afrika mamlakatlari hamda Haitidan bölgan migrantlarni nazarda tutgan. Uning sözlariga köra, AQŞ Norvegiya kabi davlatlardan odamlarni jalb qilişi kerak.
Trampning özi AQŞ immigratsiya siyosatini tanqid qilişi vaqtida ba'zi davlatlardan keluvçi muhojirlar haqida qöpol sözlar aytmaganini ta'kidladi. “Men immigratsiya islohotiga bağişlangan uçraşuvda qöllagan til keskin bölgan. Biroq bu men qöllagan til emas”, - deb aytgan Tramp.












