Janubiy Koreya Jahon savdo taşkilotidan (JST) AQŞga 711 mln dollardan kam bölmagan miqdorda har yillik sanksiyalar joriy qilişga ruxsat berişni söradi. Bu haqda taşkilotning saytida ma'lum qilingan.
 
Janubiy Koreya AQŞni unga nisbatan JSTda örnatilgan aksildemping va aksilsubsidiyaviy majburiyatlarni bajarmaslikda ayblamoqda. Bu me'yorlar Janubiy Koreyada işlab çiqariluvçi kir yuviş maşinalariga taalluqlidir.

Şu sababli Janubiy Koreya hukumati kompensatsiya oliş maqsadida AQŞga nisbatan savdo sanksiyalari joriy qilmoqçi.