Şu kunlarda Respublikamizning barça hududlarida 14 yanvar – Vatan himoyaçilari kuni, Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining 26 yilligi munosabati bilan turli tadbirlar ötkazilmoqda.

Xususan, xizmat vazifasini ötayotgan paytda, çinakam mardlik namunasini körsatib halok bölgan jasur askarlarni yod etib, ularning oila a'zolari holidan xabar olinmoqda.

Şunday tadbirlardan biri 13 yanvar kuni Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti rahbariyati taşabbusi bilan taşkil etildi.

Unda Toşkent şahar Yaşnobod tumani Lisunova 4, 6-xonadonda istiqomat qilgan, Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burçini bajariş vaqtida halok bölgan kapitan Jahongir Toğayev hamda Toşkent viloyati Çirçiq şahri «Kabutar» mahallasi 5-uy, 37-xonadonda yaşagan serjant Pahlavon Abdullayevning xonadonlariga taşrif uyuştirildi.

Taşrif davomida instituti rahbariyati, xususan rektor S.Yunusov, Ma'naviy – ma'rifiy işlar böyiça prorektor U.Abdullayev va Özbekiston yoşlar ittifoqining institut boşlanğiç taşkiloti yetakçisi A.Azimov marhum Jahongir Toğayev hamda Pahlavon Abdullayevning oila a'zolarini bayram bilan tabriklab, ularning mardligi va davlatimiz oldidagi xizmatlari beqiyos ekanini ta'kidlaşdi.

Taşrifda şuningdek, marhum ofitserlarning oila a'zolariga institut jamoasining esdalik sovğalari topşirildi.