Eronda Xitoy yaqinida falokatga uçragan neft tankerida halok bölganlar xotirasiga 15 yanvar motam kuni deb e'lon qilindi. Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar bermoqda. 

Sanchi nomli tanker 6 yanvarda Xitoy yaqinida yuk taşuvçi kema bilan töqnaşib ketgan. Töqnaşuvdan keyin tankerga öt ketgan va buning oqibatida u portlagan. Tankerning 32 kişidan iborat butun ekipaji halok bölgan. Ekipajning 30 a'zosi eronliklar bölgan.

Voqea tafsilotlarini örganiş böyiça tuzilgan maxsus işçi guruh vakili Muhammad Röstadning ma'lum qilişiça, tanker jamoasi portlaş va zaharli gazlardan halok bölgan.  

Eron hukumati halok bölganlar oilalariga hamdardlik bildirgan.