AQŞ prezidenti Donald Tramp senator Riçard Derbinning bayonotini rad etib çiqdi. Unga köra, Qöşma Ştatlar yetakçisi Haiti, Salvador va Afrika mamlakatlarini «qölansa davlatlar» deb atagan. Bu haqda Tramp tvitterdagi sahifasida yozdi.

«Senator Diki Derbin DACA (migrantlarning farzandlari uçun muddati keçiktirilgan deportatsiya dasturi) böyiça yiğilişda aytilgan narsani butunlay notöğri talqin qildi. Bitimni işonç bölmasa, imzolab bölmaydi!» - deya ta'kidlab ötdi Tramp.

Avvalroq, Derbin Tramp qator davlatlarga nisbatan haqoratomuz sözlar işlatib, «nafratga töla» va «irqçilik» tilini qöllaganini tasdiqlagan edi.

Eslatib ötamiz, 12 yanvar kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp qonun çiqaruvçilar bilan uçraşuv davomida ba'zi mamlakatlardan Qöşma Ştatlarga kelayotgan migrantlarni «qölansa joydan» çiqib kelganlar, deb atagani xabar qilingandi.