Nyu-York meri Bill De Blazio AQŞ prezidenti Donald Trampning qaşşoq davlatlardan bölgan migrantlarga nisbatan siyosatiga qarşi taşkillaştirilgan marşda iştirok etdi.

"Bugun şu yerga kelgan har bir inson öşa, biz orzu qilgan va xohlagan Amerikani qöllab-quvvatlaydi. Bu yer barça uçun, hamma hurmat qilinadigan joy", - deya aytib ötdi De Blazio yiğilganlarga sahnadan murojaat qilib.

Trampning ba'zi davlatlardan bölgan migrantlar haqidagi gaplariga norozilik sifatida taşkil etilgan aksiya Nyu-Yorkdagi Tayms-skver maydonida bölib ötdi. Aktsiya: "Irqçilikka qarşi marş: Haiti va Afrikani qöllab-quvvatlang" şiori ostida taşkil etildi. Köplab iştirokçilar Tayms-skverga Haiti hamda AQŞ bayroği bilan kelişgan.

«Bunday bölmagan!» - Tramp öz sözlarini yana tan olmadi

Trampning dunyo hamjamiyatining keskin munosabatiga sabab bölgan sözlari uning Oq uyda kongressmenlar bilan uçraşuvi davomida yangragan. Ma'lumotlariga köra, senator-demokrat Dik Durbin immigratsiya muammosini muhokama qiliş vaqtida Haitini eslaganda, Tramp nima uçun kimdir AQŞga Haiti va Afrika davlatlari kabi “qölansa”dan muhojirlar kelişini istaşini söragan.