Xitoyning «Şanghay SIPG» va Özbekiston terma jamoasi yarimhimoyaçisi Odil Ahmedov milliy terma jamoani boşqarişi mumkin bölgan murabbiy qanday bölişi lozimligi haqida fikr bildirdi

«ÖFF rahbariyati Osiyo futbolini yaqindan biladigan, jahon çempionatida işlaş tajribasiga ega taniqli murabbiy olib keliş harakatida. Aytilişiça, hozir muzokaralar davom etyapti. Tez orada yangilik eşitsak, ajabmas. Mana, Marokaş va Eron termalariga qarşi örtoqlik uçraşuvi ötkaziş böyiça kelişuvga erişildi. Menimça, şu öyinlar muddatiga qadar yangi murabbiy bilan tanişsak kerak.

Har qanday holatda ham, kuçli mutaxassis tayinlanişi tarafdorimiz. Bitta yorqin misol: italiyalik Marçelo Lippi Xitoy termasini qisqa fursatda keskin kuçaytirdi. Buni hamma kördi. Töğri, xitoyliklar biz kabi mundialga çiqa olmadi. Ammo fikrimça, Xitoy jamoasi öz potensialidan yuqoriroq natijaga erişdi. Oddiy taqqoslasak, biz aslida Xitoy termasidan sezilarli darajada kuçli bölsakda, bu natijada aks etmadi. Eron termasi muvaffaqiyatida esa futbolçilardan köra, Karluş Keyruşning hissasi katta. Demoqçimanki, bizga ham Keyruş va Lippi darajasidagi murabbiy kerak», deya Odil Ahmedovning sözlarini keltirib ötgan «Interfutbol» naşri.

Eslatib ötamiz, hozirda ÖFF prezidenti Umid Ahmadjonov terma jamoa boş murabbiyligi uçun murabbiylar bilan muzokaralar ötkaziş maqsadida xorijda bölib turibdi. Özbekiston terma jamoasini boşqariş uçun serbiyalik Slavolyub Muslin asosiy da'vogar bölib turibdi.