«Ijtimoiy fikr» jamoatçilik fikrini örganiş markazi tomonidan  “Özbekiston: jamoatçilik fikri - 2017” mavzusida sotsiologik sörov ötkazildi.

Unda jami mamlakatning barça mintaqalarida 18 yoş va undan katta yoşdagi 1100 nafar kişi söraldi, ularning 49,1%i erkaklar va 50,9%i xotin-qizlar. 

Jamoatçilik fikri sörovi jarayonida Davlat Rahbari tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilingan 2017 yilda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga fuqarolar bergan baho aniqlandi. Fuqarolarning mutlaq köpçiligi – 94,9%i mamlakatdagi  joriy ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni “barqaror” deb baholaydi.

Fuqarolar şunga işonadilarki, «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da boşlangan va davlat boşqaruvi tizimini takomillaştirişga, har bir fuqaroning, har bir oila va jamiyatning manfaatlarini himoya qiliş va ta'minlaşga qaratilgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar kelajakda ham davom ettiriladi. 

Özbekistonliklarning mutlaq köpçiligi (90,6%) şunga işonç bildirdilarki,  davlat rahbari tomonidan «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili»  deb e'lon qilingan 2018 yilda mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol yaxşilanadi,  ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanişda yuqori natijalarga erişiladi, aholi daromadlarining ösişi,  fuqarolar hayoti sifati va darajasining oşişi ta'minlanadi.

Sörovning 80%dan ortiq iştirokçilari, umuman olganda, davlat va jamiyat hayotining köpçilik sohalaridagi taraqqiyotdan, jumladan, mamlakatda tinçlik, xotirjamlik va tartibni saqlaşga qaratilgan çoralardan, aholi şaxsiy xavfsizligining ta'minlanganligi darajasining oşganligidan,  iqtisodiy faoliyatni rivojlantiriş va amalga oşiriş, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş, şuningdek,  xususiy mulk va  tadbirkorlik huquqlarini himoya qilişning  ta'minlanganligidan qoniqadilar.   

Jamoatçilik fikri sörovi şuni körsatdiki,  2018 yilda Özbekistonning xorijiy mamlakatlar va jahon hamjamiyati bilan özaro munosabatlarida rivojlanişning yangi bosqiçi boşlandi. Fuqarolarning hisoblaşiça, davlat rahbari rahbarligida mamlakatimiz xalqaro maydonda öz mavqeini ança mustahkamladi,  xorijiy hamkorlar bilan  har tomonlama özaro foydali va amaliy hamkorlik yanada rivojlanişda davom etdi. Mamlakat prezidentining qöşni mamlakatlar bilan aloqalarni faollaştiriş,  ular bilan yaxşi qöşniçilik,  döstlik, şerikçilik munosabatlarini örnatiş, şuningdek, nufuzli xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantiriş böyiça ilgari surgan taşabbuslari özbekistonliklar tomonidan ijobiy qabul qilindi.

Sörov iştirokçilarining fikriça, mamlakat xalqaro nufuzining mustahkamlanganligi, jahon hamjamiyatida Özbekiston obrösining oşganligi ötgan yilda taşqi siyosat sohasida Özbekiston erişgan boş natijalar böldi.  Fuqarolarning 89,4%i şunga işonadiki, mamlakat  prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida Özbekistonda qöşni davlatlar va xalqaro siyosiy sahnaning yetakçilari bilan teng huquqli muloqot olib borişga imkon beruvçi samarali taşqi siyosat amalga oşirilmoqda.