Yaqindagina saytimizda Qarşi şahar hokimligi Prezident qarorini rökaç qilib, tadbirkor foydalanayotgan yer maydonini tortib olayotgani haqida jurnalistik suriştiruvi ötkazgan edik. Buni qarangki, şunga öxşaşroq holat Andijon viloyatining Xonobod şahrida ham yuz bermoqda. Farqi — hokimlik tortib olmoqçi bölayotgan mol-mulk xorijiy investorniki…

Tahririyatimizga Andijon viloyati Xonobod şahridagi «SIBUZ INVEST» MÇJdan kelgan murojaat e'tiborimizni tortdi va uşbu murojaat yuzasidan jurnalistik suriştiruv ötkazişni maqsad qildik.

Dastavval, muammo yuzaga kelgan nuqtaga e'tibor qaratsak.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 fevraldagi «Tadbirkorlarning işlab çiqariş maydonlaridan foydalanişlarini yanada rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida mahalliy hokimliklar tomonidan respublikadagi mavjud, foydalanilmay yotgan, biroq xususiylaştirilgan binolar röyxati tuzildi.

Unga köra, Andijon viloyati Xonobod şahri, Işçilar köçasi 1-uy manzilida joylaşgan, sobiq «Tarandubitel» çarm-attorlik işlab çiqariş birlaşmasining bino va inşootlari va qariyb 4 gektarlik yer maydoniga hozirda egalik huquqi berilgan «SIBUZ INVEST» mas'uliyati çeklangan jamiyati ham uşbu röyxatdan örin olgan.

«SIBUZ INVEST» MÇJning bu röyxatdan örin olişi adolatdanmi? Keling, örganib çiqaylik.

1994 yilda «Tarandubitel» IÇB Davlat raqobat qömitasi tomonidan davlat tasarrufidan çiqariladi. Ta'kidlaş kerak, ayni jarayon davlat raqobat qömitasi ekspertlar guruhining xulosasi asosida öşa vaqtda amalda bölgan qonun hujjatlariga töla muvofiq tarzda amalga oşirilgan.

2007 yilgaça «Tarandubitel» birlaşmasi qarovsiz yotgan bino va inşootlar ayrim «mutasaddilar»ning rahnamoligida talon-taroj qilinadi. 2007 yilga kelib esa Xonobod şahar Davlat soliq inspeksiyasining da'vo arizasiga köra Andijon viloyati xöjalik sudi tomonidan bankrot, deb topiladi.

Şundan söng, bankrot bölgan korxonaning mol-mulklari davlat raqobat qömitasi tomonidan tuzilgan ekspertlar guruhi tomonidan baholanadi va Respublika köçmas mulk birja savdosiga qöyiladi. Birja savdolari çoğida asli özbekistonlik, Rossiya Federatsiyasida xizmat körsatgan neftçi, «Inkom-Neft» korxonasi ta'sisçisi, Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Jakbarali Akbarov qariyb