IŞID terrorçilik guruhining mağlub bölişi Falastin masalasining hal qilinişi islom dunyosi uçun yana ustuvor vazifaga aylanganini anglatadi. Bunday fikrni Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bildirdi.

Ruhoniy bu haqda Islom hamkorlik taşkiloti Parlament ittifoqining 13-sessiyasida aytib ötdi. 

“IŞID ekstremistik oqimi mağlub bölganining ijobiy tomonlaridan biri Falastin masalasining islom ummatining siyosiy kun tartibidagi ustuvor vazifa sifatida yana öz örniga qaytgani hisoblanadi”, deb aytdi Ruhoniy.

Uning aytişiça, Yaqin Şarqdagi vaziyat va xavfsizlikning izdan çiqişiga asosiy sabab “okkupatsiyaning davom etişi va AQŞning sionistik rejimni faol qöllab-quvvatlaşi hamda falastin xalqining poytaxti Al-Quds şahrida bölgan mustaqil Falastin davlati taşkil etiş huquqidan mahrum etilişi”dir.