Özbekiston matbuot va axborot  agentligi boş direktori Laziz Tangriyev KUN.UZ tahririyatiga taşrif buyurdi.

Özbekistonda ommaviy axborot vositalari, axborot almaşiş, matbuot, noşirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida davlat siyosatini işlab çiqiş va amalga oşiriş hamda kitob mahsulotlarini naşr etiş va tarqatiş tizimini takomillaştiriş böyiça vakolatli davlat boşqaruvi organi hisoblangan Matbuot va axborot agentligi rahbari bilan KUN.UZ vakillari va ijodiy jamoasi iştirokida davra suhbati taşkillaştirildi.

Davra suhbati davomida bugungi internet-jurnalistikasining yutuq va kamçiliklari, muammolari haqida fikr almaşildi. Elektron OAVni rivojlantiriş, uni haqiqiy, milliy qadriyatlarimizga mos ravişda taraqqiy topişi uçun qilinişi lozim bölgan işlar borasida takliflar örtaga taşlandi.

Özbekiston milliy jurnalistikasining qariyb 150 yillik ötmişi, uni bosib ötgan yöli va hozirgi kundagi holati tanqidiy muhokama qilindi. Internet-naşrlarining davlat taşkilotlari manbalari bilan işlaşdagi muammoli vaziyatlar, ixtisoslaşgan sohalardagi mutaxassislarning yetişmasligi dolzarb masalalardan biri ekani alohida qayd etildi.

Kelgusida Özbekiston elektron naşrlari orasida davra suhbatlarini taşkil qiliş, dolzarb masalalarni muhokama qiliş va fikr almaşiş böyiça muntazam yiğilişlar taşkil qiliş maqsadida maxsus assotsiatsiya yoki internet naşrlari klubini tuziş böyiça taklif örtaga taşlandi.