“Öqituvçi hujjatlari” röyxati haqida “Ma'rifat” naşri qisqaça ma'lumot berdi. Qayd etilişiça, naşr Toşkent şahar xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi tinglovçilari örtasida sörovnoma ötkazgan.

Unda qatnaşgan 27 nafar turli fan öqituvçilaridan faqat 4 nafari ommaviy axborot vositalarida öqigan oxirgi maqolasini aniq körsatgan. “Ta'limiy naşrlar orqali berilayotgan qaysi metodik tavsiyadan foydalanyapsiz?” degan savolga 5 nafar öqituvçigina aniq javob yozgan. 2 nafar öqituvçi mutaxassisligiga oid oxirgi öqigan ilmiy-metodik asar nomini yoza olgan. 

Sörovnomada öqituvçilar iş faoliyatida uçrayotgan muammolar haqida ham fikr bildirişgan. Har bir respondent öz ustida işlaşga vaqti yöqligi, ortiqça qoğozbozliklar köpligini alohida qayd etgan. Bir iştirokçi “Öqituvçi hujjatlari” degan kiçik sarlavha ostida quyidagi uzun röyxatni keltirgan: 

1. Sinf jurnali.

2. Sinf rahbari papkasi. 

3. Sinf rahbari jurnali. 

4. Sinf rahbarining tarbiyaviy iş (soat) hujjatlari. 

5. Öquvçilarning kundalik daftari nazorati. 

6. Ota-ona bilan işlaş daftari. 

7. Dars konspekti. 

8. Yillik reja. 

9. Pedagogik soat. 

10. Dars tahlili. 

11. Fanga oid körgazmalar. 

12. Past özlaştiruvçilar, böşliq bilan işlaş reja va daftari. 

13. Iqtidorli öquvçi bilan işlaş reja va daftari. 

14. Öquvçilarning aylanma daftarlari. 

15. Öquvçilar nazorat işi daftari. 

16. Uslubiy birlaşma hujjatlari. 

17. Test banki. 

18. Öz ustida işlaş papkasi.