AQŞ kompaniyalari işçilar topa olmayotganlari va iş örinlarini band qila olmayotganlaridan şikoyat qilişmoqda. AQŞ mehnat bozori işçi kuçi yetişmasligini his qilmoqda. Bundan AQŞ Federal zaxira tizimining (FZT) ma'ruzasi darak bermoqda.
“FZT butun mamlakat böylab mehnat resurslari yetişmayotganini qayd qilmoqda. Korxonalarda böşliqlarni töldiriş va işçilarni uşlab qolişning yagona imkoni qolmoqda – bu maoşlarni oşiriş”, deyilgan ma'ruzada.
Mehnat bozoridagi muammolar kompaniyalarga ziyon keltira boşladi. FZTning ta'kidlaşiça, joriy bosqiçda muammo katta kölamli köriniş olmagan, biroq şunday davom etsa, buning xavfi bor. Mehnat bozori 2017 yilning dekabridan işçi kuçi tanqisligini sezmoqda.
FZT işçi kuçi yetişmasligining misoli sifatida Yangi Angliya, Şarqiy sohilböyi, Vaşington, Kentukki va boşqa köplab joylarni keltirgan. Vaşingtonda, misol uçun, malakali quruvçilar yetişmaydi, bu esa quriliş kompaniyalarini işçilar oyligini oşirişga majbur qiladi, bunga ketgan xarajatlar esa uy-joyning yakuniy tannarxi oşişiga olib keladi. Yangi Angliyada ofitsiant va oşpazlar, Şarqiy sohilböyida esa malakali haydovçilar yetişmasligi muammosi mavjud.

















