13:38 / 19.01.2018
36528

Nurmagomedov – Fergyuson jangi sanasi rasman ma'lum qilindi

Foto: Getty images

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) rossiyalik Xabib Nurmagomedov va amerikalik Toni Fergyuson o‘rtasida yengil vazn toifasidagi jang UFC 223 musobaqasining asosiy voqeasi bo‘lishini tasdiqladi. U Nyu-Yorkda 7 aprel kuni bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda TASS tashkilot matbuot xizmatiga asosan.

Ikki sportchi o‘rtasidagi bahs o‘tgan yilning mart oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq rasmiy vazn o‘lchash marosimiga sanoqli soatlar qolganida rossiyalik sog‘lig‘i bilan paydo bo‘lgan muammolar tufayli shifoxonaga yotqizilgandi.

Nurmagomedov o‘zining so‘nggi jangida braziliyalik Edson Barbosani ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratdi – uchrashuv dekabr oxirida bo‘lib o‘tdi va Xabib uchun 2017 yildagi yagona bahs bo‘lib qoldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedov Makgregor bilan jang bo‘yicha yangi bayonot bergandi.

Top