Özbekistonning barça masjidlarida bugungi juma namozida Qozoğistonning Aqtöbe viloyatida röy bergan fojiada halok bölganlarning haqiga tilovati Qur'on qilinib, duolar qilindi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 18 yanvar kuni Qozoğistonning Aqtöbe viloyatida röy bergan fojiada halok bölganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.
Şuningdek, ulamolar va imom-domlalar tomonidan halok bölganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildiriş, masjid-madrasalarda xatmi Qur'onlar öqib, ruhi poklariga baxşida qiliş va yaqinlariga tasalli beriş kabi işlar boşlandi. Qozoğiston muftisi Serikbay Hoji Oraz özbekistonlik hamkasblariga bu mudhiş voqea yuzasidan ta'ziya izhor qildi.


















