17 yanvar kuni, Mirzo Uluğbek tumani IIB xodimlari tomonidan, öquv muassasalariga öquvçilar tomonidan ruxsat etilmagan buyumlarni olib kirişlarini oldini oliş maqsadida, Mirzo Uluğbek tumani hududida joylaşgan Informatika kasb-hunar kollejida “Davomat” tadbiri ötkazildi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB Matbuot xizmati xabar beradi.
Mazkur ötkazilgan tadbir davomida muassasaga kiriş joyida uşbu kollejning 3-bosqiç talabasi, 1999 yilda tuğilgan X. J. öquv muassasasiga belgilanmagan körinişda (soqoli olinmagan, sport kiyimida) kirmoqçi bölganligi sababli unga tanbeh berilgan, biroq u Içki işlar organi xodimlarining qonuniy talablariga böysunmagan.
Uşbu kollejning rahbariyati bilan ötkazilgan suhbat davomida X.J. salbiy tarafdan tavsiflanganligi uçun uning ota-onasi, qarindoşlari, mahalla fuqarolar yiğini faollari hamda jamoatçilik iştirokida muhokama qilindi.
Mazkur holat yuzasidan X.J.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi MJtKning 183 va 194 moddalari bilan ma'muriy bayonnomalar rasmiylaştirilgan.
Kun.uz bu mavzuni atrofliça örganiş maqsadida yana qaytadi.
















