South China Morning Post naşrining ma'lum qilişiça, Xitoyning Lenovo kompaniyasining Hongkongdagi bölinmasi Digital China Holdings Xitoyning eng yaxşi şifoxonalari bilan saratonga çalinganlarning yaşab ketişi darajasini oşiriş uçun birlaşadi. Ayni vaqtda bu daraja past bölib, vaziyatni yaxşilaş uçun kompaniya minglab bemorlar haqidagi ma'lumotlarni töplab, ularni maşinaviy tahlil qilmoqçi.

DC Holdings hamkorlari orasida Xitoyning tibbiyot fanlari akademiyasi va Milliy onkologik markaz bor. Bu hamkorlik natijasida 1200ga yaqin ixtisoslaşgan, şahar va qişloq şifoxonalaridan olingan onkologik kasalliklar haqidagi ma'lumotlarni qayta işlovçi eng yirik markaz paydo bölişi kerak. 

Agar reja muvaffaqiyatli bölsa, bu mamlakatni uning şaharlari va qişloqlarida ölimning asosiy sababiga aylangan va minglab oilalar uçun katta xarajatlarga sabab bölgan saraton ustidan ğalaba qozonişga yaqinlaştiradi. Hozirda Xitoyda saratonga çalinganlarning tirik qolişi darajasi 30 foizga yaqinni, dunyo böyiça bu körsatkiç 50 foizni, rivojlangan davlatlarda 70 foizni taşkil qiladi. Lenovo Xitoy böyiça bu körsatkiçni 10 yil içida 40 foizgaça oşirmoqçi.