Amerikaning FlexJobs sayti 2017 yilda qisman yoki töliq iş kunida masofadan işlaş uçun eng köp taklif tuşgan 100 kompaniya röyxatini taqdim etdi. 

Texnologiyalar rivojlangan sari masofadan işlaş oddiy holatga aylanib bormoqda. Bu xodimlarni iş va şaxsiy hayot örtasidagi muvozanatni saqlaş nisbatan osonligi bilan öziga jalb etadi. 

Masofadan işlaş bilan boğliq vakansiyalar taklif qilinayotgan asosiy sohalar - soğliqni saqlaş, kompyuter texnologiyalari/IT, ta'lim, mijozlarga xizmat körsatiş, moliya, turizm/mehmonxona biznesi. 

Masofadan işlaş bilan boğliq eng tez rivojlanayotgan beş yönaliş — terapiya, virtual boşqaruv, mijozlarga xizmat körsatiş, repetitorlik, mintaqaviy hokimiyat va mahalliy boşqaruv. 

Masofadan işlaş bilan boğliq eng köp uçrayotgan vakansiyalar: öqituvçi, yozuvçi, developer, tahlilçi, sotuvlar böyiça menejyer, hamşira, buxgalter, loyiha rahbari. Beş kompaniya töliq masofadan faoliyat yuritadi, öttiztasi esa - röyxatga yangi qöşilgan.

FlexJobs asosçisi va boş direktori Sara Satton Fellning sözlariga köra, sönggi beş yilda mazkur ma'lumotlarni tadqiq qiliş va bozorning turli sektorlaridagi yuzlab kompaniyalar bilan işlaş davomida masofadan işlaş bandlikning tobora maşhur va dolzarb turi bölib borayotgani ayon bölmoqda. "Borgan sari köproq kompaniyalar öz biznes-modeliga masofadan işlaş imkoniyatini tatbiq qilişmoqda, şunday ekan, 2018 yil iş izlovçilar uçun mukammal yilga aylanmoqda", - deydi FlexJobs rahbari.

FlexJobs reytingida eng yuqori örin Angliyaning VIPKID kompaniyasiga nasib etdi. Şuningdek Amazon, Conduent va Dell kompaniyalari ilk öntalikka kirdi. Röyxatga yangi qöşilganlar - PRA Health Services, Toyota va Williams-Sonom, ular 2017 yildagi yangi qöşilgan Hilton, Kelly Services va SAP'lar qatoridan joy olgan. Kaplan, UnitedHealth Group va Xerox 2014 yildan buyon uşbu röyxatda qayd etiluvçi 29 kompaniya röyxatiga qöşilgan. 

FlexJobs reytingi yetakçilar önligi:

1. VIPKID    
2. Appen    
3. Conduent    
4. Rev    
5. Liveops    
6. TTEC    
7. Amazon    
8. SYKES    
9. Dell   
10. Working Solutions