KUN.UZ sayti va boşqa qator axborot saytlarida “Soqoli olinmagan kollej talabasi huquqbuzar sifatida jazoga tortildi” sarlavhada maqola e'lon qilindi. Maqolada soqoli olinmagan, sport libosidagi 3-kurs talabasiga ma'muriy jazo qöllanilgani, mahallada muhokama qilingani haqida yozilgan edi. Şu munosabat bilan Toşkent şahar IIBB uşbu masalaga oydinlik kiritdi. 

Unga köra, joriy yilning 17 yanvar kuni Mirzo Uluğbek tumani IIB Voyaga yetmaganlar va yoşlar örtasida huquqbuzarlik profilaktikasi inspektorlari tomonidan Mirzo Uluğbek tumani Informatika kasb-hunar kollejida "Davomat" tadbiri davomida kollej kiriş eşigi (turniket)ni oldida kollej içki hududiga şubhali şaxs kirişga uringan. Taşqi körinişidan soqoli ösgani va sport kiyimida bölganligi IIB xodimlarida şubha uyğotgan. 

Tuman IIB Voyaga yetmaganlar va yoşlar örtasida huquqbuzarlik profilaktikasi inspektori tomonidan şubhali şaxs töxtatilib, şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarini taqdim qilişi söralganida, öquvçi qöpol muomalada bölgan. Özini taniştirmasdan, şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etmasdan, jamoat tartibini buzib, şovqin qila boşlagan. Bundan taşqari, IIB Voyaga yetmaganlar va yoşlar örtasida huquqbuzarlik profilaktikasi inspektorining qonuniy talablarini bajarmagan.

Olib borilgan suriştiruv jarayonida uşbu fuqaro - Mirzo Uluğbek tumani Informatika kasb-hunar kolleji 3-bosqiç öquvçisi X.J. ekanligi aniqlandi. X.J.ning qilmişida Özbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 194-moddasi (içki işlar bölimi xodimining qonuniy talablarini, ya'ni huquqbuzarlikni töxtatiş, hujjatlarni tekşiriş uçun taqdim etiş haqidagi talablarini bajarmaslik) va 183-moddasi (mayda bezorilik, ya'ni jamoat joylarida uyatli sözlar bilan sökiniş, fuqarolarga xaqoratomuz şilqimlik qiliş hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyiştaligini buziş kabi boşqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimaslik) ma'muriy huquqbuzarlik alomatlari bölganligi uçun unga nisbatan uşbu moddalar bilan ma'muriy javobgarlik ta'sir çorasi qöllanildi.

Şahar IIBB mulozimining KUN.UZ’ga ma'lum qilişiça, öquvçining soqoli olinmagani yoki sport libosida bölgani uçun içki işlar idoralari jarima qöllay olmaydi. Çunki, bu masala kollej ma'muriyatining içki tartib-qoidasiga muvofiq, ta'lim muassasasining Nizomi doirasida çora körişga asos böla oladi. Şunga muvofiq, soqoli olinmagani uçun jarima solindi, deyiş huquqiy jihatdan töğri bölmaydi. 

Toşkent ŞIIBB