Eronning eng yirik harbiy kemalaridan biri – zamonaviy Damavand fregati dengizda falokatga uçraşi oqibatida ikkiga bölindi. Biroq Eron rasmiylari kema kiçik talofatlar olganini ta'kidlaşmoqda, deb xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi. 

10 yanvarda Damavand yomon ob-havo şaroiti tufayli Kaspiy dengizida, Bandar-Anzali portida tölqinqaytargiçga (tölqindan saqlaş uçun ğov) urilgan. Öşanda tölqinlar balandligi 4 metrgaça yetgan.

Voqea oqibatida kemadagi 6 kişi bort ortiga tuşib ketgan. Keyinroq 3 dengizçi halok bölgani haqida xabar paydo bölgan. 

17 yanvarda Eron internet resurslarida falokatga uçragan fregat surati tarqaldi. Suratga köra, kema ötgan davr içida nafaqat toşlar ustidan tortib olingan, balki qisman dengizga çökkan. Bundan taşqari, uning orqa qismi “darz ketganini” köriş mumkin.   

Fregat 100 metr uzunlikka ega bölib, suv siğimdorligi 1300 tonnani taşkil qiladi. Eron harbiy-dengiz kuçlari safiga 3 yil avval kiritilgan.