22 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining «2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beş ustuvor yönalişlari böyiça harakat strategiyasini amalga oşirişga oid «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili»dagi Davlat dasturi töğrisida»gi Farmoni imzolandi. Hujjat matni ÖzA saytida keltirilgan.

2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi örta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yönalişlarini belgilovçi eng muhim dasturiy hujjat böldi.

Harakatlar strategiyasi beş bosqiçda, yillarga beriladigan nomlardan kelib çiqib, har bir yil böyiça davlat dasturlari qabul qilinişini nazarda tutgan holda amalga oşiriladi.

2017 yilda Harakatlar strategiyasini amalga oşirişda asosiy e'tibor «Inson manfaatlar – barçasidan muhim» prinsipi va «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilişi kerak» ğoyasiga hayotga tatbiq etilişiga qaratildi. Xalq bilan muloqotni yölga qöyiş orqali fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari amalda himoya qilindi.

«Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da mamlakatimizda keng kölamli islohotlar, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani jadal rivojlantiriş, xalq farovonligini yuksaltirişning mustahkam huquqiy asoslari sifatida 30dan ortiq qonun va 900dan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilindi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari, şuningdek, har bir davlat organida taşkil etilgan fuqarolarning murojaatlari bilan işlaş böyiça maxsus bölinmalar aholi bilan işlaşning sifat jihatidan yangi samarali tizimini şakllantirişga xizmat qildi. 

Özbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasi davlat boşqaruv tizimini tubdan isloh qiliş, “Elektron hukumat” va davlat xizmatlari körsatiş tizimini rivojlantiriş, iqtisodiyotga ma'muriy ta'sirni qisqartiriş hamda boşqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytiriş, soğlom raqobat muhiti va qulay investitsiya iqlimini yaratiş böyiça aniq çora-tadbirlarni belgilab berdi. 

Sud-huquq tizimida sudlarning haqqoniy mustaqilligini ta'minlaş, sud kadrlarini tanlab olişning demokratik va şaffof mexanizmini şakllantiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar amalga oşirildi. Joylarda ma'muriy va iqtisodiy sudlarning taşkil etilganligi odil sudlovga erişiş darajasini oşiriş imkonini berdi.