AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞga import qilinuvçi quyoş batareyalari va kir yuviş maşinalariga boj tölovini kiritişga qaror qildi. Bu haqda AQŞning savdo vakili Robert Laytxayzer idorasi ma'lum qildi. 

Uyda işlatiluvçi kir yuviş maşinalari, quyoş batareyalarining fotoelementlari va modullariga qöşimça boj tölovi solinadi.

AQŞ hukumati 2012-2016 yillarda AQŞga kir yuviş maşinalari importi keskin oşgani va bu mahalliy işlab çiqaruvçilar uçun katta ziyon yetkazgani haqidagi fikrga kelgan. Xususan, AQŞning Whirlpool kompaniyasi Janubiy Koreyaning LG va Samsung kompaniyalari dempingi böyiça şikoyat qilgan, biroq bu işlab çiqarişni Xitoy, Tailand va Vetnamda joylaştirişga olib kelgan. LG va Samsung boj tölovlaridan himoyalaniş uçun 2017 yilda AQŞning Janubiy Karolina va Tennessi ştatlarida yirik fabrikalar qurişini e'lon qilgan. Endi kir yuviş maşinalariga qöşimça boj tölovlari setkasi kiritiladi: AQŞga kir yuviş maşinasi eksport qiluvçi kompaniya dastlabki 1,2 mln.ta maşinaga 20 foiz miqdorida, keyingilari uçun esa 50 foiz miqdorida boj tölaşi kerak. 

AQŞ işlab çiqaruvçilari xuddi şunday tarzda Xitoyning quyoş batareyalari işlab çiqaruvçi kompaniyalari dempingidan aziyat çekadilar. Xitoy quyoş batareyalarining 60 foiz fotoelementlarini va 71 foiz modullarini işlab çiqaradi. 2012 yildan 2016 yilgaça AQŞga bu mahsulotlar importi 500 foizga ösgan, narxlar keskin – 60 foizgaça tuşgan. Bu esa AQŞ kompaniyalarini AQŞ hududida işlab çiqarişni deyarli töxtatişga majbur qilgan.

Tramp qaroriga köra, quyoş batareyalariga boj tölovi 1-yil 30 foizni, 2-yil 25 foizni, 3-yil 20 foizni taşkil qiladi. 

AQŞ avval ham Xitoy mahsulotlariga taqiqlovçi bojlar kiritgan, biroq Xitoy kompaniyalari işlab çiqarişlarini uçinçi davlatlarga köçirib, AQŞ bozorida dempingni davom ettirişgan.      

Amerikalik işlab çiqaruvçilarni himoyalaş Trampning eng muhim saylovoldi va'dalaridan biri bölgandi.