Yölovçi avtotransportida favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oldini oliş, şuningdek, Özbekiston Respublikasi davlat çegarasidan taşqariga çiqayotgan fuqarolar xavfsizligini ta'minlaşga doir şoşilinç çora-tadbirlar töğrisidagi Hukumat qarori imzolandi.
Qaror şu yilning 18 yanvar kuni Qozoğiston Respublikasi Aqtöbe viloyatida sodir bölgan fojiali voqea oqibatida qabul qilindi.
Qarorda Aqtöbe fojiasi isitiş moslamasi bölmagan avtobusning texnik nosozligi, unda tez yonuvçi moddalar bölgani, yonğinga qarşi uskunalarning foydalanişga yaroqsizligi, salon yuklar bilan töldirilgani, xavfsizlikning oddiy qoidalariga rioya etiş böyiça profilaktik çoralar yöqligi sabab bölgani keltirilgan.
Vazirlar Mahkamasi qarori yölovçi avtotransportida favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oldini oliş, bundan buyon bu kabi fojialar takrorlanişiga yöl qöymaslik, baxtsiz hodisalar va yöl-transport halokatlari yuzaga kelişini bartaraf etiş, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Davlat çegarasidan taşqariga çiqadigan fuqarolar xavfsizligini ta'minlaş yuzasidan kompleks şoşilinç çora-tadbirlarni amalga oşiriş maqsadida qabul qilingan.
Qarorga köra respublikadan taşqariga yölovçi taşuvçi transportda fuqarolarning xavfsizligini ta'minlaş böyiça maxsus komissiya tuzilişi belgilangan. Bu komissiya aholi örtasida yölovçi avtomobil transportida favqulodda vaziyatlarning oldini oliş çora-tadbirlari haqida tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş, respublikadan taşqariga tovarlarning noqonuniy olib ötilişiga qarşi zarur çoralar köriş bilan şuğullanadi, şuningdek, zarur bölganida davlat-xususiy şeriklik şaroitida xalqaro avtobus qatnovlarini taşkil etiş, yölovçilar xavfsizligini ta'minlaş çoralarini köriş, xorijga çiqadigan fuqarolarning xavfsiz harakatlanişini ta'minlaş, xorijda böliş va mehnat faoliyatini amalga oşiriş masalalari böyiça xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan özaro hamkorlik qiladi.
Qaror asosida çegaradoş davlatlar bilan xalqaro yöllarda muntazam avtobus qatnovlari taşkil etiladi.
Çegaradoş davlatlarning tegişli vazirlik va idoralari bilan Özbekiston fuqarolarini noqonuniy taşiş, ular iştirokida baxtsiz hodisalarni oldini oliş maqsadida borgan mamlakatda avtotransport vositalarida xavfsizlik standartlari va talablarini takomillaştiriş böyiça hamkorlik ta'minlanadi.
Borgan mamlakatidagi röy bergan hodisa oqibatida jabrlangan fuqarolarga xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari tomonidan şoşilinç yordam körsatiş mexanizmi işlab çiqiladi.
Aviatsiya va temir yöl transportida yölovçilarni taşiş uçun çiptalar Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining buyurtmanomalari böyiça imtiyozli tariflar böyiça rasmiylaştiriş nazarda tutilgan Idoralararo bitim tasdiqlanadi.

















