Italiyada politsiyachilar va karabinerlar «Koza nostra» mafiya tashkilotiga aloqador bo‘lgan guruhlardan birining 40 nafar a'zosini qo‘lga oldi. Bu haqda La Presse tergovchilarga tayangan holda xabar bermoqda.

Hibsga olingan shaxslar orolning sharqiy qismida, Messina shahri yaqinida faoliyat olib organ «Barselona oilasi» guruhiga a'zo bo‘lishgan. Ularni tovlamachilik, o‘g‘rilik, qurolni noqonuniy saqlash, firibgarlik, tahdid qilish va zo‘ravonlikda ayblashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya politsiyasi Kalabriyada 48 kishini qo‘lga olgandi, ular «Ndrangeta» mafiya guruhi bilan aloqadorlikda gumonlanmoqda.