Tanasidan 16ta igna topilib, keyingi haftada katta şov-şuvlarga sabab bölgan farğonalik 11 oyli çaqaloq ayni vaqtda tirik. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi «Kun.uz»ga ma'lum qildi.
Vazirlik 24 yanvar kuni uşbu çaqaloq vafot etgani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.
Ma'lum qilinişiça, uşbu çaqaloq bilan boğliq vaziyat Farğona viloyati prokuraturasi boşçiligidagi işçi guruh tomonidan örganilmoqda.
Ayni vaqtda çaqaloqning ahvoli oğirligiça qolmoqda, şifokorlar uning hayoti uçun kuraşmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatida istiqomat qilayotgan yoş oilaning 11 oyli çaqaloği tanasidan 16 dona igna topilgani xabar berilgandi. Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga keltirilgan bola tezkorlik bilan jarrohlik stoliga yotqizilgan. Ignalardan 13 tasi olib taşlangan. Bu pölat jismlar gödak tanasida 2 oy muqaddam paydo bölganligi aniqlangan. Ta'kidlanişiça, barça ignalar tanada turliça joylaşgan: ularni çaqaloqning yöğon içak qismida, siydik qopi, kökrak qafasida, bolaning böyin qismida, umurtqa poğonasida, yurak ostida topilgan. Şifokorlarning fikriça, 11 oyli çaqaloq heç qaçon bunça köp metallni yutib yuborişi mumkin emas, qolaversa, qizilöngaç va oşqozonda heç qanday yirtiq alomati topilmagan. Birgina farazni ilgari suriş mumkin, ignalar tana taşqarisidan, ongli ravişda teriga tiqilgan.
















