O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri J.Qo‘chqorov nomiga ishchi guruh tomonidan yozilgan xat tahririyatimiz pochtasiga kelib tushdi.

Agar unga ishonadigan bo‘lsak, Vazirlar Mahkamasi topshirig‘iga asosan joylarda 2017 yil oktabr-noyabr oylarida Xalq banki tomonidan pensiya va nafaqa to‘lovlari holati monitoringi o‘tkazilgan.

Oktyabr oyida 7844 nafar pensionerga to‘lovlar belgilangan muddat (27-sanadan) keyin kechikib yetkazilgan.

Pensiya va nafaqalar to‘liq va manzilli yetkazilishi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarda 5,4 ming holatda 1 mlrd 322 mln 800 ming so‘m pensiya to‘lovlari bank xodimlari tomonidan belgilangan tartibga zid ravishda hamda noqonuniy xatti-harakatlar orqali amalga oshirilgani aniqlangan. Jumladan:

597 ta holatda vafot etgan pensionerlarning 269,4 mln so‘mlik pensiya mablag‘lari o‘zga fuqarolarga to‘langan;

975 ta holatda 151,3 mln so‘mlik mablag‘lar o‘zlashtirilgan va to‘lov vedomostlarida imzolar qalbakilashtirilgan;

1105 ta holatda ishonchnoma mavjud bo‘lmagan fuqarolarga pensionerlarning 464,0 mln so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilgan;

1676 ta holatda pensionerlarga 6,4 mln so‘m miqdoridagi pensiyalari naqd pul o‘rniga lotereya va boshqalar bilan to‘langan.

Noyabr oyida joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda Xalq banki sayyor kassalari uchun 296 ta mahallada bino ajratilmagani hamda 1997 ta mahallada ayniqsa yog‘ingarchilik va qish mavsumida fuqarolar uchun sharoit mavjud emasligi aniqlangan.

Ushbu holatlar inobatga olinib, AT Xalq banki tomonidan:

  • mustaqil harakatlanish hamda pensiya va nafaqalarni sayyor kassalardan olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan shaxslarni to‘lovni bevosita ular yashaydigan joyga birinchi navbatda yetkazib berish;