Qirğiziston poytaxti Bişkek şahrida yanvar oyi boşidan buyon kuzatilayotgan sovuq harorat tufayli 15 kişi halok bölgan. Bu haqda şahar içki işlar boş boşqarmasi xabar bergan.

«Dastlabki sud-tibbiy ekspertiza ma'lumotlariga köra 1 yanvardan 25 yanvargaça bölgan davrda doimiy turar joyi bölmagan 15 kişi sovuqdan halok bölgan», — deyilgan xabarda.

Qirğiziston FVV havo keskin sovişidan ogohlantirgan. Vazirlik ma'lumotiga köra, 26—29 yanvar kunlarida ba'zi hududlarda tunda havo harorati -40...-45 darajagaça tuşişi, kunduzi -28...-33 darajani taşkil etişi aytilgan. 

Bundan avvalroq Qirğiziston maktablarida sovuq sababli ta'til e'lon qilingani haqida xabar berilgandi.