«Mustaqillikning 25 yilligi» koni hududida baholash qudug‘ining qurilishi boshlandi

Foto: SGC matbuot xizmati
“O‘zbekiston mustaqilligi” investitsion bloki bilan mahsulotlar taqsimoti to‘g‘risida tuzilgan bitim doirasida Surhan Gas Chemical Operating Company operator kompaniyasi Surxondaryodagi “Mustaqillikning 25 yilligi” koni hududida uglevodorodlar zaxirasini aniqlash maqsadida baholash qudug‘ini qurish ishlarini boshladi.
Ayni paytda “Mustaqillikning 25 yilligi” koni hamda “O‘zbekiston mustaqilligi” investitsion blokiga tegishli tabiiy gaz miqdori 100 mlrd kubometrni tashkil etadi.
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun burg‘ulovchi pudratchi sifatida Markaziy Osiyo, Rossiya va Yaqin Sharqda katta tajribaga ega bo‘lgan ERIELL burg‘ulash kompaniyasi jalb qilingan. Quduqning qurilishi uchun serovodorod ta'siri, me'yoridan ortiq plastik bosim va harorat, shuningdek, boshqa murakkab sharoitlarda ishlashda yuqori yuk ko‘tarish quvvatiga ega o‘ziga xos qurilma yaratildi. Loyiha doirasida servis xizmatlarini BakerHghes, Halliburton va NOV singari yetakchi xalqaro servis pudratchilari taqdim etishadi.
Baholash qudug‘i bilan bir qatorda ayni damda “Mustaqillikning 25 yilligi” konida butun blok bo‘yicha shartnoma maydonining ekologik audit tekshiruvlari o‘tkazilmoqda, marketing tadqiqotlarini tashkil etish, loyihalar va zaxiralar auditini tubdan qayta ishlash borasida xalqaro maslahatchilar ishtirokidagi ishlar ham boshlab yuborilgan.
Yuksak ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur loyihaning ishga tushirilishi mamlakatimiz iqtisodiyotiga katta hissa qo‘shadi, uni amalga oshirish doirasida yangi ish o‘rinlari yaratiladi, ishlab chiqarish jarayonlariga yangi zamonaviy texnologiyalar joriy etiladi. Shu bilan birga u nafaqat loyiha amalga oshirilayotgan hududning rivojida, balki O‘zbekiston Respublikasining butun gaz-kimyo va kimyo sanoati taraqqiyotida katta o‘rin tutadi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston elchisi ASEAN huzurida akkreditatsiyadan o‘tdi
O‘zbekiston | 11:29
-
BAAda sohilga neft sizib chiqdi: turistlar o‘zlarini yomon his qilmoqda
Jahon | 11:01
-
Reuters: YeI kompaniyalari Rossiya gazi importini oshirmoqchi
Jahon | 11:00
-
Irkutskda O‘zbekiston mahsulotlarini tarqatish majmuasi qurilishi mumkin
Iqtisodiyot | 09:51
Mavzuga oid

23:16 / 11.04.2025
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi

15:35 / 09.04.2025
“Bir o‘rindiqda ikki kishi”: Surxondaryoda Matiz’ni ikki kishi bo‘lib boshqarganlarga chora ko‘rildi

14:38 / 01.04.2025
Osiyodagi eng chuqur g‘or joylashgan qishloq – Dehibolo | Manzil

09:32 / 15.03.2025