Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev viloyat faollari bilan ötkazilgan selektor majlisida Toşloq tumani aholisini haqorat qilgani haqidagi xabarlar va audio material internetda tarqalgaç, KUN.UZ tahririyatiga bu voqeaga öz munosabatini bildirgan köplab muxlislardan maktublar kelmoqda.

Quyida ulardan ayrimlari havola etiladi.

* * *

Assalomu alaykum. Mening ismim Boburjon. Toşloq tumanidanman. Hozir Rossiyadaman. Hokimimizning selektorda toşloqliklarni haqorat qilib aytgan gaplariga nisbatan qandaydir çora köriş kerak. Bu odamning oyoği yerdan uzilgan çoği, bizni haqorat qilyapti. Agar Farğonada qornimiz, ustimizdan orttirib, uylanişimiz uçun pul qila olganimizda edi, biz bu yerlarga aslo kelmagan bölar edik.

* * *

Assalomu alaykum KUN.UZ ijodkorlari!

Sizlardan iltimos, Farğonamiz hokimini köproq tanqid qilinglar. Unaqa hokimning keragi yöq bizga. Hokim bölgandan buyon heç qayerda heç narsa özgarmadi. Audioyozuvda kimni nima deb haqorat qilgan bölsa özi şunaqa. U şunaqangi sözlar bilan asl başarasini körsatyapti. U inson kim bölibdiki, hajdek ibodatga taqiq qöygani?!

* * *

Insonni haqorat qilgani uçun eng kam oylik iş haqining 30 barobaridan qançadir barobarigaça jarima solinadi. Butun boşli Toşloq aholisi 200 mingmi undan ortiqmi, bilmadim, lekin ularning hammasini haqoratlagani uçun javobgarlikka tortilmaydimi, bu noinsof? Iltimos, şu masalani kötaringlar!

* * *

Hokimning videoselektordagi «nutqi»ni tinglab, özimda oldin heç qaçon his etmagan kayfiyat paydo böldi. Marhumlar ruhini bezovta qilmaslikka qaratilgan xalqimiz odatlari, dinimiz körsatmalari bu «musulmon»ga yot şekilli. U kişiga faqat ikkita savolim bor. 1) U inson «haromi» sözining ma'nosini biladimi? 2) Prezidentdek inson bölib ötgan voqeada öz aybdorlik hissini aytib turgan vaqtda, Farğona viloyati hokimi «piçoqni oldin öziga urib», Toşloq tumani hokimiga qilgan «tavsiyasi»ga özi amal qilib, MARDlik körsata oladimi? Şu savollarimga javob olişda amaliy yordam bersangiz. Sizlardan minnatdormiz.

* * *

Assalomu alaykum KUN.UZ xodimlari! Biz yangiliklaringizni muntazam kuzatib boramiz. Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev Toşloq fuqarolarini insoniylikka, özbekçilikka mutlaqo töğri kelmaydigan haqorotlar bilan haqoratlagani juda könglimizni xira qildi. Muhtaram prezidentimiz «Barça — kiçik xodim böladimi yoki butun şahar hokimi böladimi, xalqning dardini his qilib yaşang, ularga xato qilsa tanbeh, dakki emas, töğri yölni körsatinglar», demoqda. Haqiqatan ham, prezidentimizning sözlari, fikrlarining teskarisini, aksini körsatişmoqda bundaylar. Toşloq tumani fuqarolari şunçalik yomon insonlar bölsa, ularga töğri yölni körsatiş kerak. Viloyat hokimi bergan beş million yordamni ölgandan keyin emas, tirikligida yordam qilganida balkim ular şu yerning özida biror işning boşini tutgan bölarmidilar?