Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov unga «sassiq gapirgan» marhamatlik uç ayolni 15 sutkaga qamatgani haqida gapirgan mojaroli audio tarqalgandi. Oliy Majlis qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev bu audioga munosabat bildirdi.

Deputat Andijon hokimini Lenin sabab boşlangan «boşqaruv maktabi»ning sodiq vorisi deb atadi va qilgan işlari feodal zamonga xosligini ta'kidladi.

«Bir şaxsda vakolatlarning haddan ortiq köp bölişi atrofdagilarga qimmatga tuşadigan xatolarga sabab böladi. Ustiga ustak, bunday vakolat egasi tarbiyadan yiroq, muomala madaniyati yöq, bilimi past, ikkiyuzlamaçi bölsa bu – çinakam fojia.

Köplab amaldorlarning qöpol muomalasi va qonunlarga «tupurib qöyib» feodal zamon kabi kimni istasa öşani «15 sutkaga» qamatib yuboriş prinsipi yaqin tarixda paydo bölib qolgan boşqaruv uslubi emas. Men buni Lenin inqilobidagi «hokimiyat, boşqaruvni dehqon va yupunlarga ber», degan siyosatning oqibati, deb bilaman.

Öz davrida bilim, odamlar bilan işlaş könikmasiga ega bölmagan bir guruh zaif odamlarning boşqaruvga kelişi tabiiy ravişda ular tomonidan qörqitiş, sökiş, döq pöpisa qiliş orqali boşqariş «instituti»ga asos solinişiga sabab bölgan. Va bu «institut»ning usullari bizda hali ham meva berişda davom etayapti.

Andijon hokimi masalasida esa hokim buni qaçon aytgani muhimmas, muhimi u Lenin sabab boşlangan «boşqaruv maktabi»ning sodiq vorisi bölib, vakillik, sud organlari ustidan amalda mutlaq hokimiyat örnatib olgan feodal zamoniga mos insonligi.

Özbekiston inson huquqlarini himoya qiliş, majburiy mehnat va boşqalarga qarşi kuraşib, dunyoga yuz tutib borayotgan bir vaqtda qançalar xunuk va şarmandali holat: heç bölmasa demokratiya hurmati uçun ham hokim janoblari Andijonning «hokimi mutlaq» ekanligini bildirib, maqtanmasa bölardi-ku. Biz şundoq ham bilamiz: sizlar «zör»sizlar!» – deb yakunlagan Kuşerbayev özining Telegram kanalidagi postini.

Ma'lumot uçun, bu audio tarqalgaç, Andijon viloyat hokimligi axborot xizmati unga munosabat bildirdi va bölib ötgan suhbat ikki yil oldin yozib olinganini