Toşkent viloyati hokimi Ğulomjon Ibragimov  tadbirkor, fermer hamda xunarmand yoşlar bilan uçraşdi. Bu haqida viloyat hokimligining matbuot xizmati xabar berdi. 

"Xöjakent" dam oliş oromgohida ötkazilgan uçraşuvda öz faoliyatini endigina boşlagan tadbirkor, fermer va hunarmand yoşlar muammolarining yeçimi yuzasidan viloyatning tegişli taşkilot rahbarlariga topşiriqlar berildi. Natijalarni esa şaxsan hokimning özi nazoratga olişi ta'kidlandi. 

Toşkent viloyat hokimi bilan bölib ötgan uçraşuvda yoşlardan 50dan ziyod savol va takliflar bildirildi. Jumladan, Uralova Oyşa Angren şahrida ekoturizmni rivojlantiriş maqsadida toğli hududda restoran oçiş niyati borligi, buning uçun esa nol balans qiymatdagi bino ajratilişi va kredit olişda yordam kerakligini aytdi. Viloyat hokimi Oyşaning taklifi örganilib viloyatning 2018 yil dasturiga kiritilişini aytib, 10 kun muddatda kredit olişi uçun hujjatlarini tayyorlaş böyiça Markaziy bank rahbari Rustam Pölatovga topşiriq berdi. 

Foto: Toşkent viloyati hokimligi
Foto: Toşkent viloyati hokimligi

Qibray tumanida «Qibray oltin meva» fermer höjaligiga  rahbarlik qilayotgan Zarina Jumanazarova issiqxona taşkil qilib, limon köçatlarini ekiş uçun Xitoy davlatidan 1200 ta limon va 600 ta mandarin köçatlarini olib kelganligini aytdi. Issiqxona taşkil etiş uçun tayyorlanadigan hujjatlarning köpligi hamda sarsongarçilikka yöl qöyilayotganligi haqidagi muammosini aytdi, 100 millionlik biznes rejasiga kredit olişida imtiyozlardan foydalaniş böyiça yordam söradi. Viloyat kadastri hamda Markaziy bank xodimiga 10 kundan söng şu qizga hujjatlarini töğirlab, kredit ajratilişiga doir javobni kutib qolişini aytdi. 

Foto: Toşkent viloyati hokimligi
Foto: Toşkent viloyati hokimligi