Xitoyda davom etayotgan Osiyo çempionati yakunlandi. Unda Özbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo çempionligini qölga kiritdi.
Oppoq qor ostida boşlangan uçraşuvda dastlabki gol 8-daqiqada kiritildi. Rustam Aşurmatov burçakdan yetkazib berilgan töpga boşi bilan zarba berib hisobni oçdi. Birinçi bölim yakuniga yaqin vetnamliklar yarimhimoyaçisi Nguyen Tsyuang Hai jarima zarbasini aniq amalga oşirib hisobni tenglaştirdi. Bu hisob öyin söngiga qadar özgarmay qoldi.
Hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqalarning sönggi daqiqalarida esa Andrey Sidorov tomonidan kiritilgan gol Özbekistonga ğalabani taqdim etdi. Natijada Özbekiston boş sovrinni qölga kiritdi
Osiyo çempionati U-23
Final
Vetnam U-23 - Özbekiston U-23 1:2 (1:1)
Gollar: Nguyen Tsyuang Hai (41) - Rustamjon Aşurmatov (8), Andrey Sidorov (120).
Vetnam U-23: 1.Bui Tiyen Dung, 2.Pxam Xuan Man, 4.Bui Tiyen Dung, 6.Luong Xuan Truong, 8.Xpam Duk Xuy (Xa Duk Çin, 57), 10.Nguyen Kong Pxuong (20.Bui Tiyen Dung, 80), 11.Do Duy Man, 14.Pxan Van Duk (7.Nguyen Xong Duy, 109), 17.Vu Van Tan, 19.Nguyen Kuang Xai, 21.Tran Din Trong.
Özbekiston U-23: 1.Botirali Ergaşev, 2.Rustamjon Aşurmatov, 4.Akromjon Komilov, 5.Abbosjon Otaxonov (22.Bobur Abdixoliqov, 103), 6.Azizjon Ğaniyev, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Jasurbek Yaxşiboyev (16.Doniyor Narzulayev, 46), 9.Zabihillo Örinboyev, 10.Javohir Sidiqov (11.Andrey Sidorov, 118), 17.Dostonbek Hamdamov, 20.Dostonbek Tursunov.

















