Bugun, 28 yanvar kuni Rossiyaning köplab şaharlarida muxolif siyosatçi Aleksey Navalniy tomonidan e'lon qilingan «saylovçilar zabastovkasi» kampaniyasi doirasida norozilik aksiyalari bölib ötmoqda. Bu aksiyalar Navalniy 18 mart kuni ötkaziladigan Rossiya prezidentligi saylovlariga qöyilmaganiga norozilik sifatida boşlangan.
Ilk aksiyalar Xabarovsk, Yujniy-Saxalinsk va Magadanda boşlandi.
Barnaulda ham meriya ruxsati bilan aksiya ötkazildi va unda 150 nafar atrofidagi kişi qatnaşdi. «Interfaks» xabariga köra, aksiya iştirokçilari «Pozor! 18.03.2018», «Vybory — eto kogda yest vybor», «My zdes vlast» va boşqa yozuvlar tuşirilgan bannerlar bölgan. Bundan taşqari, ular «Zabastovka!» deya hayqirişgan.



Aktsiyalar Irkutsk, Tomsk, Krasnoyarsk, Novosibirsk, Kemerovo, Samara, Ufa, Ijyevsk va boşqa şaharlarda davom etib, ularda minglab kişilar iştirok etdi.

Nihoyat aksiya tölqini Moskva va Sankt-Peterburg şaharlariga yetib keldi. Bu şaharlardagi aksiyalar hokimiyatdan ruxsat olinmagan holda boşlandi. Şu tufayli, politsiya ularni qölga olişga kirişdi.





















