1999 yilda Bill Geyts "Fikr tezligidagi biznes" (Business @ the Speed of Thought) nomli kitobini yozgan. Unda işbilarmon 15 dadil prognoz qilgan, bu taxminlar öşa paytlar mislsiz fantaziyadek tuyulgan. Biroq vaqt ularning haqiqat bölib çiqqanini körsatdi. BusinessInsider şu haqidagi maqolasi bilan bölişdi.

1. Narxlarni taqqoslaş servislari

Carlos Barria/Reuters

Geytsning prognozi: "Narxlarni taqqoslovçi avtomatlaştirilgan servislar işlab çiqiladi, ular odamlarga u yoki bu tovarning biryöla bir neça saytdagi narxini köriş imkonini beradi va şu tariqa minimal narx qidiruvini yengillaştiradi".

Real hayotda: Kerakli mahsulot qidiruvga berilganda Google yoki Amazon turli narxlarni körsatişi mumkin. PriceGrabber yoki Bing Shopping kabi maxsus saytlar narxlardagi farqlarni namoyiş etib, ularni tuşunişga yordam beradi.

2. Mobil qurilmalar


Apple

Geytsning prognozi: "Kelajakda odamlarga doim aloqada böliş va qayerda bölsa ham, işlar bilan şuğullaniş imkonini beruvçi kiçik mobil qurilmalar paydo böladi. Ular yangiliklarni közdan keçirişi, aviaçiptalarni izlaşi, birja savdolarida qatnaşişi mumkin böladi".

Real hayotda: Smartfonlar, smart-soatlar, köp funksiyali kolonkalar va virtual reallik közoynaklari istagan vaqt har qanday ma'lumotni topiş imkonini bermoqda.

3. Onlayn tibbiy xizmatlar va tezkor tölovlar