Avvalroq 10 kishi halok bo‘lgani, 6 kishi yaralangani ma'lum qilingan.
Voqea 27 yanvar ertalab shaharning kambag‘al tumanida yuz bergan. Qurollangan shaxslar klubga 3 ta mashinada kelishib, uning ichki hovlisida betartib otishma sodir etishgan. Ularning soni noma'lum. “Ba'zilarning aytishicha, birdan o‘nlab odamlar paydo bo‘lgan. Boshqalarning aytishicha, qurollangan jinoyatchilar umumiy hisobda 15 kishi bo‘lgan”, deyilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, hujumga giyohvand moddalar bilan bog‘liq ziddiyatlar sabab bo‘lishi mumkin. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, hujum qurbonlarining ko‘pchiligini ayollar tashkil etgan.
Politsiya vakili Andre Kostaning aytishicha, hujum “yaxshi tashkillashtirilgan va rejalashtirilgan bo‘lgan”. Uning ta'kidlashicha, bosqinchilar “Guardianes del Estado” guruhi a'zolari bo‘lishi mumkin.











