Vazirlar Mahkamasining 30.12.2017 yildagi 1038-son qarori bilan Özbekiston matbuot va axborot agentligi (ÖzMAA) töğrisidagi nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.uz.
 
Eslatib ötamiz, ÖzMAA taşkiliy tuzilmasi, markaziy apparatining tuzilmasi, şuningdek Qoraqalpoğiston agentligi, viloyatlar va Toşkent şahar matbuot va axborot boşqarmalarining tuzilmalari prezidentning 17.08.2017 yildagi PQ–3223-son qarori bilan tasdiqlangan. 
 
Nizomda ÖzMAA va uning hududiy bölinmalari maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatni amalga oşiriş va hisobot topşiriş tartibi, şuningdek uning rahbarlarining funksional majburiyatlari va javobgarligi belgilangan.
 
Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:

• Agentlik markaziy apparati va uning hududiy bölinmalari;
• Ğafur Ğulom nomidagi, Çölpon nomidagi, şuningdek «Özbekiston» va «Öqituvçi» naşriyot-matbaa uylari;
• «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy naşriyoti;
• Közi ojizlar bosmaxonasi (uning bazasida közi ojizlar uçun Brayl böyiça turli adabiyotlar va matbaa mahsulotlari naşr etişga ixtisoslaşgan naşriyot faoliyat yuritadi);
• Ma'muriy binolardan foydalaniş boşqarmasi;
• Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston milliy kutubxonasi.
 
Agentlik Vazirlar Mahkamasiga böysunadi va hisobot beradi. ÖzMAA faoliyati samaradorligi va natijadorligi yuzasidan muntazam baholab boriladi. Baholaş mezonlari Hukumatning nazorat qiluvçi kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
 
Baholaş yakunlariga köra quyidagi çoralar qabul qilinadi:

• Agentlik rahbarlari va xodimlarini rağbatlantiriş (mukofotlaş) yoki intizomiy javobgarlikka tortiş;
• Agentlik faoliyatida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş va uning işini yanada takomillaştiriş.
 
Uşbu hujjat 5.01.2018 yildan kuçga kirdi.