Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Şahrisabz şahridagi xususiy maktabgaça ta'lim muassasasida böldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

«Vunderkind» nomli mazkur boğçada ingliz tili va kompyuter bilimlari çuqur örgatiladi. Uç qavatli binoda kiçkintoylarning intellektual, ma'naviy-estetik va jismoniy salohiyatini östiriş uçun barça şaroit yaratilgan.

Prezident mazkur boğça misolida Şahrisabz şahrida yana 25ta nodavlat maktabgaça ta'lim muassasasi barpo etiş, boğça mudirasi Şahnoza Xolmahmatovaga mamlakatda işlab çiqarilgan avtomobil sovğa qiliş böyiça topşiriq berdi.  

«Bunday muassasalarni qurişdan asosiy maqsad farzandlarimizning maktabga tayyor bölib çiqişini ta'minlaşdir», degan davlat rahbari.  

Şu yerda Qaşqadaryo viloyatida xususiy şeriklik asosida hamda davlat tomonidan quriladigan maktabgaça ta'lim muassasalari dasturi taqdimoti ham ötkazildi.