O‘zbekiston | 14:30 / 29.01.2018
6511
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston pochtasi» tomonidan yetkazib beriladigan kurerlik jo‘natmalari vazni oshirildi

«O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan yetkazib beriladigan kurerlik jo‘natmalari vazni oshirildi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar berdi.

«Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida «O‘zbekiston pochtasi» Aktsiyadorlik jamiyati 2018 yil 1 fevraldan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar o‘rtasida, shuningdek, hududlar ichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qarama-qarshi yo‘nalishlar bo‘yicha 50 kg.gacha bo‘lgan kurerlik jo‘natmalarini qabul qilish va yetkazib berish xizmatlarini taqdim etadi», - deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid