Italiyaning Viçentsa şahri poçtaçisi 8 yil davomida maktublarni tegişli manzillarga yetkazib beriş örniga, ularni uyiga “taşmalagan”. Politsiyaçilar poçtaçining uyidan yarim tonnadan köproq öz egalariga yetkazilmagan maktublarni aniqlaşgan. 

Bu haqda birinçi bölib ekologik markaz volontyorlari bong ura boşlaşgan. Ular makulatura sifatida Italiya poçtasi markirovkasiga ega, içida turli maktublar bölgan 25 ta sariq qutini olişgan. Bu qutilar utillaştirişga 56 yoşli mahalliy poçtaçining garajidan yetkazilgan. 

Şundan keyin poçtaçinikiga kelgan politsiyaçilar uning uyida 572 kgga teng maktublarni aniqlaşgan. Poçtaçi bu maktublarni 43 ta qutida uyida va garajida saqlagan.

Bu maktublar orasida bank xabarnomalari, 2010 yilgi hududiy saylovlar vaqtidagi reklama mahsulotlari, 2013 va 2014 yil uçun ma'lumotnomalar, telefon va elektr energiya uçun tölovlar va boşqa maktublar bölgan. Erkak umuman öz işini bajargan-bajarmagani mavhum bölib qolgan, biroq politsiya xabarida poçtaçining uyida topilgan maktublar orasida şaxsiy maktublar bölgani haqida heç narsa aytilmagan. Ehtimol, poçtaçining maktublarni töplaş “xobbisiga” şaxsiy maktublarni töplaş kirmagan.    

Yanvar örtalarida Italiya sudi Parma viloyatida yaşovçi ayolga telegrammaning öz vaqtida yetkazilmagani uçun Italiya poçta xizmatini 28 ming yevroga jazolagandi. Telegrammaning vaqtida yetkazilmagani sababli ayol bolalar boğçasiga işga joylaşa olmagan va bu holat yuzasidan sudga şikoyat qilgan. Telegrammada ayol işga qabul qiliş oldidan ötkaziladigan suhbatga taklif qilingan bölgan.