Saudiya Arabistoni hukumati korrupsiyada gumonlanib qölga olingan barça yuqori mansabli şaxslarni ozod etdi, ular Ar-Riyoddagi Ritz-Carlton beş yulduzli mehmonxonasida hibsda saqlangan. Bu haqda Reuters saudiyalik yuqori lavozimli amaldorga asosan xabar bermoqda.
«Ritz-Carlton’dagi barça ozod etildi», - degan u. Agentlik manbasi ularning soni qança bölgani va podşohlikda qölga olinganlar boşqa joyda saqlanganiga oid savolga aniqlik kiritmagan. Reuters’ning taxminiça, qölga olinganlardan ba'zilar korruptsion jinoyatlarni tan olişdan boş tortişgani uçun turmaga ötkazilgan.
Ötgan yilning noyabr oyi boşida valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud boşçiligidagi Korrupsiya bilan kuraş böyiça oliy qömita podşohlik oilasining önlab a'zolari, davlat xizmatçilari va tadbirkorlarni qamoqqa olib, ularni moliyaviy hamda lavozim jinoyatlarida aybladi. Hammasi bölib 300 dan ortiq kişi söroq qilindi.
Eslatib ötamiz, avvalroq saudiyalik şahzoda hibsdagi haşamatli hayoti haqida gapirib bergandi.


















